23:44 / 13.05.2021
3 236

Putin: MDH mamlakatlarida rus tili yetarlicha o‘qitilmayapti


Foto: «Medialeaks.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy mamlakatlarda rus tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashga munosib e’tibor berishga chaqirdi, chunki «bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emas».

Payshanba kuni Rossiya hukumati yig‘ilishida Putin Rossiya universitetlarida chet eldagi iqtidorli yoshlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, MDHdagi hamkorlar bilan birgalikdagi ishlar juda muhim ekanligini urg‘uladi. Bu mamlakatlarda rus tilini rivojlantirishga, rus tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashga yetarlicha e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

Prezident Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vaziri Sergey Kravsovdan ushbu sohada qo‘shimcha takliflar kiritishni so‘ragan.
«Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emas. To‘g‘ri, bu borada ishlayapmiz, lekin takror aytaman, bugungi ishimizdan ko‘ra ko‘proq narsani bajarishimiz mumkin va shunday qilish zarur», — dedi Putin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: MDH mamlakatlarida rus tili yetarlicha o‘qitilmayapti