Foto: Al Bawaba
Maldiv orollaridagi ta’tildan keyin Xande Erchel va Kerem Bursin «Eshigimni qoq» serialining ikkinchi faslida suratga tushish uchun qaytdi.
Ikki oylik tanaffusdan keyin suratga olish ishlari yana davom eta boshladi, serialning yangi qismlari iyun oyida efir yuzini ko‘rishi rejalashtirilmoqda.
Suratga olish maydonchasida jurnalistlar yulduzli juftlikni savolga tutgan, Xande serialdan boshqa narsa haqida gapirmagan, Kerem esa muxbirlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan.
— Tanaffusdan keyin suratga olish ishlari davom eta boshladi…
— Ha, o‘tgan yildan buyon deyarli tinmay ishlaganimiz uchun ham dam olish barchamiz uchun muhim edi. Bugun treylerni suratga olamiz, keyingi haftadan esa to‘liq grafik asosida ishlaymiz.
— Ta’tilga Xande Erchel bilan birga Maldiv orollariga jo‘nab ketdingiz. Dastlab bu reklama bilan bog‘liqligi haqida gapirildi, lekin keyinroq munosabatlaringizga ishora qilingan suratlar paydo bo‘ldi. Demak tabriklasak bo‘ladimi?
— Ha, rahmat! Dam olish g‘oyat ajoyib bo‘ldi, boshqa yangiliklar haqida mening xabarim yo‘q. Munosabatlarimizni esa yashirmaganmiz.
— Munosabatlaringiz qachon boshlandi? Maldiv orollaridami?
— Yo‘q… Ancha bo‘ldi. Keling, tafsilotlarga to‘xtalmaylik.
— Munosabatlaringiz qanday davom etmoqda? Barcha sizni bir-biriga mos juftlik deb hisoblamoqda.
— Hammasi a’lo darajada. Eng asosiysi — dastlab biz bir-birimizni juda ham yaxshi tushunadigan do‘st bo‘la oldik. Shundan keyin munosabatlar boshlandi.
— Kim birinchi bo‘lib tuyg‘ularini izhor qildi?
— Bunisi endi juda ham shaxsiy masala! Tafsilotlarsiz.
Avvalroq «Eshigimni qoq» serialida sevishganlarni ijro etgan Kerem Bursin va Xande Erchel bir-biriga befarq emasligini tan olgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?