Qora dengiz sohilidagi Turkiyaning bir necha viloyatida 3 iyun, payshanba kuni qor yog‘di. Bu provinsiyalarda kuchli yomg‘ir sabab suv toshqinlari ham kuzatilgan.
«Kecha ob-havo chiroyli edi. Ertalab uyg‘onganimizda hammayoq qor bilan qoplanganini ko‘rdik. Bu qish emas, balki yoz, iyun oyi!» – deydi Rize viloyatining Kavrun Yaylasi qishlog‘ida yashovchi fuqarolardan biri TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida.
Qor yog‘ishi asosan Qora dengizning Ardaxon, Rize, Bolu viloyatlaridagi bir qator baland tog‘li qishloqlarda kuzatilgan. Hatto mamlakat markazidagi Kayseri viloyatida joylashgan mashhur tog‘ chang‘i kurorti ham qor bilan qoplangan.
Turkiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Bursa shahri yaqinidagi Olimp tog‘ida ham 5 santimetrlik qor yog‘gan. Ma’lum qilinishicha, bu hududda o‘tgan hafta davomida harorat 30 gradusdan yuqori bo‘lgan edi.
Turkiyaning Meteorologiya Bosh boshqarmasi butun Qora dengiz sohilida yashovchi fuqarolarni kuchli yomg‘irdan ogohlantirib, ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi