«Tolibon» vakillari Eron bilan chegaradagi Islom-Qal’a nazorat-o‘tkazish punktini egallaganini e’lon qilgan. Bu haqda TOLO news telekanali xabar bermoqda.
Biroq Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi ushbu hudud ustidan hukumat nazorati yo‘qotilganini rad etmoqda.
Shuningdek, ayni paytda Tehronda «Tolibon» harakati va Afg‘oniston hukumat delegatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralar natijasida qo‘shma deklaratsiya imzolangan.
Bu haqda «Tolibon»ning Dohadagi vakolatxonasi matbuot kotibi Muhammad Naim ma’lum qilgan.
Tomonlar urushni davom ettirish xavfi va uning mamlakatga yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Yakunda urush Afg‘oniston muammolarini hal qilmaydi, degan fikrga kelishgan va tinchlikka erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish kerakligi ta’kidlangan.
Muzokaralar davomida delegatlar tinch aholi o‘ldirilishi, maktablar, masjidlar va shifoxonalarga qilingan hujumlarni qoralagan va urushdan doimiy tinchlikka o‘tish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olgan. Bu imkon qadar tezroq amalga oshishi kerakligiga alohida urg‘u berilgan.
Uchrashuvda Afg‘oniston delegatsiyasiga sobiq vitse-prezident Yunus Qonuniy, toliblar guruhiga esa Qatardagi «Tolibon» siyosiy idorasi rahbari Abbos Stanekzay rahbarlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”