07:22 / 10.07.2021
2 840

«Tolibon» Eron bilan chegaradagi nazorat punktini egallab oldi


«Tolibon» vakillari Eron bilan chegaradagi Islom-Qal’a nazorat-o‘tkazish punktini egallaganini e’lon qilgan. Bu haqda TOLO news telekanali xabar bermoqda.

Biroq Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi ushbu hudud ustidan hukumat nazorati yo‘qotilganini rad etmoqda.
Shuningdek, ayni paytda Tehronda «Tolibon» harakati va Afg‘oniston hukumat delegatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralar natijasida qo‘shma deklaratsiya imzolangan.

Bu haqda «Tolibon»ning Dohadagi vakolatxonasi matbuot kotibi Muhammad Naim ma’lum qilgan.
Tomonlar urushni davom ettirish xavfi va uning mamlakatga yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Yakunda urush Afg‘oniston muammolarini hal qilmaydi, degan fikrga kelishgan va tinchlikka erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish kerakligi ta’kidlangan.

Muzokaralar davomida delegatlar tinch aholi o‘ldirilishi, maktablar, masjidlar va shifoxonalarga qilingan hujumlarni qoralagan va urushdan doimiy tinchlikka o‘tish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olgan. Bu imkon qadar tezroq amalga oshishi kerakligiga alohida urg‘u berilgan.

Uchrashuvda Afg‘oniston delegatsiyasiga sobiq vitse-prezident Yunus Qonuniy, toliblar guruhiga esa Qatardagi «Tolibon» siyosiy idorasi rahbari Abbos Stanekzay rahbarlik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Eron bilan chegaradagi nazorat punktini egallab oldi