Habib Nurmagomedov Qirg‘iziston Prezidentiga minnatdorchilik bildirdi

Habib Nurmagomedov Qirg‘iziston Prezidentiga minnatdorchilik bildirdi
Foto: «Ctnews.ru»
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan shaxsan uchrashdi va turnirni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar beradi «Knews.kg».

«Siz bilan tanishganimdan xursandman! Mamlakatingizda musobaqani o‘tkazishda ko‘magingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat», — dedi sportchi.

U Instagramda uchrashuvdan olingan rasmga imzo chekib qoldirgan.
Nurmagomedov va uning sportchilari kelasi yili turnir bilan Qirg‘izistonga qaytishini va’da berdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar