
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida yashovchi birinchi sinf o‘quvchisi Vladimir Kamenev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shahardagi ekologik muammo sabab videomurojaat yo‘lladi. Bolakayning aytishicha, unga shu muammo sabab ko‘chada sayr qilishga ruxsat berilmagan. Bu haqda TVK telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning onasi tutun va iflos havo tufayli tashqariga chiqishni man qilgan. Bola nima qilishni so‘raganda, onasi hazil bilan prezident bilan bog‘lanishni taklif qilgan. Birinchi sinf o‘quvchisi bu taklifni jiddiy qabul qildi va ota-onasidan videoni yozib olishga yordam berishni so‘radi.
«Hurmatli Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin. Men Krasnoyarsk shahridan Kamenev Vladimir Denisovichman. Sizdan Krasnoyarskdagi ekologik vaziyatni shaxsan nazoratga olishingizni so‘rayman. Bizda nafas olishga toza havo yo‘q, biz yashashni xohlaymiz. Biz ko‘chada o‘ynashni xohlaymiz, lekin onalarimiz ruxsat bermaydi va zararli deb aytishadi», — degan bola.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yoqutistondagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Krasnoyarskka ham yetib kelgan va ob-havoni murakkablashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar