13:30 / 11.08.2021
2 976

Sergey Shoygu: «Tolibon» Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralarini nazorat qilmoqda


Foto: «Kommersant’»
«Tolibon» Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralarini nazoratga olgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» chegarani kesib o‘tmaslikka va qo‘shni hududlarga hujum qilmaslikka va’da bergan. Shunga qaramay, Rossiya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda davom etadi.

«Biz uchun ahamiyatlisi O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara, u ham «Tolibon» nazorati ostiga olingan», — dedi Shoygu. U «Tolibon» avvalgi kuni Qunduzni – «juda katta va muhim markazni» bosib olganini eslatib o‘tdi.
«Tolibon’ yetakchilarining aytishicha, biz chegarani buzish, qo‘shni hududlarga hujum qilish bo‘yicha hech qanday buzg‘unchi urinishlarga duch kelmaymiz», — dedi Shoygu.

Mudofaa vazirining aytishicha, «to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz qilingan taqdirda» Rossiya KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) chegaralarini himoya qilish uchun Tojikiston va Qirg‘izistondagi bazalardan foydalanadi. Uning fikricha, KXSHT mamlakatlari Afg‘oniston yo‘nalishida Rossiyaning yordamiga muhtoj. Bu holda gap Rossiyaning harbiy xavfsizligi haqida ketmoqda.

Vazirning aytishicha, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ofitserlarining aksariyati Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanmoqda. «Biz, shuningdek, Tojikiston va Qirg‘iziston armiyasini modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanyapmiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Mudofaa vazirligi rahbari O‘zbekiston va Tojikistonning ehtimoliy provokatsiyalarni qaytarishga tayyor turishi Rossiya uchun muhim ekanini ta’kidladi.
«Ilgari ham Afg‘onistondan keladigan tahdidlar — giyohvand moddalar savdosi, terrorchilar O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston orqali mamlakatimizga kirib borardi, bu holat kamaygani yo‘q. Shuning uchun hamkasblarimiz, ittifoqchilarimiz, KXSHT bo‘yicha hamkorlarimiz bunga tayyor bo‘lishi biz uchun o‘ta muhim. Buning uchun tabiiy ravishda biz hamma narsani qilamiz»,— dedi Shoygu.

Sergey Shoygu Rossiya O‘zbekiston bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazganini, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekiston bilan «uchlik» mashg‘ulotlar olib borganini eslatib o‘tdi.
«Biz bu sharoitlarga qanchalik tayyor ekanligimizni tekshirdik. Bu sharoitda qanday va nimani qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqdik. Albatta, zaif tomonlarimizni ko‘rib chiqdik», — dedi Shoygu.

Tojikistonning Afg‘oniston chegarasidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan «Xarb Maydon» poligonida O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning 2,5 ming harbiy xizmatchisi ishtirokidagi qo‘shma mashg‘ulotlar 5 avgust kuni boshlanib, 10 avgust kuni yakunlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sergey Shoygu: «Tolibon» Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralarini nazorat qilmoqda