13:12 / 12.08.2021
2 168

Toyota Braziliyadagi fermerlarga jo‘xori va dukkakli mahsulotlar evaziga mashina sotishni yo‘lga qo‘ydi


Foto: Toyota
Toyota’ning Braziliyadagi bo‘linmasi mahalliy aholiga yangi avtomobillarni o‘z hosiliga almashtirish imkonini beradigan Toyota Barter nomli noodatiy aksiyaga qo‘l urdi. Rasmiy dilerlar hosilni bozor narxida baholab, ularni to‘lov sifatida qabul qiladi. Brend vakillarining fikricha, bu kabi barter avtomobillardan ko‘plab mijozlar foydalana olishiga imkon yaratadi, deb xabar beradi Motor.

Toyota Barter dasturi birinchi bor 2019 yilda taqdim etilgan. O‘shanda pilot loyiha Braziliyaning faqatgina bitta shtatida amalga bo‘lgan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Braziliyadagi savdolarning 16 foizi agrobiznesdagi mijozlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli avtomobil ishlab chiqaruvchilar noodatiy servisni mamlakatning to‘qqizta shtatida joriy etishga qaror qilgan.

Braziliyalik fermerlar avtomobillar uchun to‘lovlarni o‘z yerlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘lashi mumkin. «To‘lov» sifatida dilerlar jo‘xori, soya, don yoki dukkaklarni qabul qiladi. Mijoz mashina xarid qilish vaqtida hosilni taqdim etishi kerak, diler esa uni bozor narxida baholaydi. Biroq kompaniya avtomobil sotib olish uchun qancha mahsulot topshirish kerakligiga aniqlik kiritmagan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari evaziga Hilux pikapi, Fortuner yo‘ltanlamasi va Corolla Cross krossoverini xarid qilish mumkin. Toyota ushbu noodatiy aksiyani don omborlarini boshqarish, temir yo‘l yuklarini tashish va terminal eksportlari bilan shug‘ullanuvchi mahalliy NovaAgri firmasi qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toyota Braziliyadagi fermerlarga jo‘xori va dukkakli mahsulotlar evaziga mashina sotishni yo‘lga qo‘ydi