10:41 / 01.09.2021
3 321

«Tolibon» Ahmad Ma’sudni yo‘q qilmoqchiligi ma’lum bo‘ldi

«Tolibon» Ahmad Ma’sudni yo‘q qilmoqchiligi ma’lum bo‘ldi
«Tolibon» harakati Afg‘oniston qarshilik kuchlari frontining Panjsherdagi lideri Ahmad Ma’sudni yo‘q qilmoqchi. Ular o‘zlariga qarshi tomon vakillari bilan muzokaralarga kirishmoqchi emas. Bu haqda RIA Novostiga Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muxammad Zoxir Agbar ma’lum qilgan.

«Tolibon» hech qachon ular bilan (Panjsherdagi qarshilik kuchi rahbarlari bilan - tahr.) kelishuvga erisha olmaydi, ular siyosatchilar emas, balki uch yil oldin dunyoning ko‘p mamlakatlarida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kirgan terrorchilar», — degan u.

«Ular takabbur va tajovuzkor, ularning maqsadi butun Afg‘onistonni tiz cho‘ktirish. Ular Dohadagi muzokaralarning hech qanday shartlariga rozi emaslar. Maqsadlari qarshilik kuchi rahbarlarini, xususan, Ahmad Ma’sudni yo‘q qilishdir», — degan diplomat.

Xabarlarga ko‘ra, Panjsherga eltadigan dovonlarda janglar davom etmoqda. Bu yerda toliblarning yuzlab askarlari jon bergani ham xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Ahmad Ma’sudni yo‘q qilmoqchiligi ma’lum bo‘ldi