Foto: ideputat
Checheniston hukumati respublika rahbari Ramzan Qodirov, otasi Ahmad va onasi Aymaniyning eng yaxshi badiiy obrazi uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda Checheniston parlamenti rahbari Magamed Daudovga tayanib, Meduza xabar berdi.
Daudovning so‘zlariga ko‘ra, tanlov «respublikadan tashqarida yashovchi chechenlarning ko‘p sonli murojaatlari munosabati bilan» e’lon qilingan.
«Shubhasiz, chet elda yashovchi chechenlar orasida, ayniqsa, yoshlar orasida iste’dod egalari ko‘p. Tanlov ularning o‘zi tug‘ilgan yurt tarixi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va vatan bilan madaniy aloqalarni saqlab qolish maqsadida e’lon qilindi», — deyiladi xabarda.
Uch nominatsiya bo‘yicha har bir g‘olib 500 ming rubl (6 850 dollar) dan mukofot oladi. Pullar Ahmad Qodirov nomidagi viloyat jamoat fondi hisobidan to‘lanadi. Tanlov 5 oktabrga qadar davom etadi.
Avgust oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Grozniy xalqaro aeroportiga Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Qodirovning nomini bergandi. Farmon Ahmad Qodirov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan imzolangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi