Foto: Reuters
«Tolibon» Afg‘onistonni egallashi arafasida O‘zbekistonga qochib o‘tgan afg‘on uchuvchilarini AQSH tomonidan evakuatsiya qilish boshlandi. Bu haqda Reuters uchuvchilarga tayanib xabar bermoqda.
Reuters e’lon qilgan xabarda suratlar ham ilova qilingan. Suratlardan uchuvchilar Uzbekistan Airways samolyotida uchib ketayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, uchuvchilar Termizdagi lagerdan chiqayotgani tasvirlangan suratlar ham ilova qilingan. Ular Afg‘onistondan o‘zlari boshqargan uchoqlarda qochib o‘tgach, Termizdagi sobiq koronavirus bemorlarini davolash lagerida bir oydan buyon yashayotgandi.
465 nafar uchuvchi 46 ta harbiy uchoqda O‘zbekistonga qochib o‘tgandi. O‘zbekiston hukumati uchuvchilarga zarur himoyani taqdim etgan va bir oy davomida ularni oziq-ovqat bilan ta’minlagan. Bu uchun AQSH hukumati O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgani ham ma’lum.
AQSH uchuvchilarni evakuatsiya qilishni 12 sentabr yakshanba kuni boshlagan. Ularning birinchi guruhi BAAga yo‘l olgan. Samolyot Termizdan uchib ketgan.
AQSHning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jon Herbst uchuvchilarning evakuatsiya qilinishini olqishladi: «Umid qilaman, uchoqlar Amerikaga qaytadi, uchuvchilar esa hech qachon toliblarga qaytarilmaydi», degan elchi. Sobiq AQSH elchisining aytishicha, Amerika bu uchuvchilar oldida qarzdor. Janob Herbst avvalroq AQSHda tayyorlangan afg‘on uchuvchilari Termizda qolayotgani sabab O‘zbekiston noqulay ahvolda qolayotganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi