19:43 / 24.09.2021
1 997

Rossiyada Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Rossiyada Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Bryansk viloyati bo‘yicha chegara boshqarmasi xodimlari Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan o‘zbekistonlik erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan 40 yoshli fuqaroda giyohvandlikdan mastlik alomatlari bo‘lgan. Tintuv vaqtida uning yonidan foto, video va audiofiksatsiya qilish uchun maxsus texnik vositalar, shuningdek, giyohvand modda deb taxmin qilinayotgan kukunsimon modda topilgan.

Foto: Videodan kadr
«Surishtiruv davomida aniqlanishicha, huquqbuzar 2019 yildan beri Ukraina huquq-tartibot organlari bilan maxfiy asosda hamkorlik qilib kelgan. Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxs niqobi ostida navbatdagi vazifani bajarayotganda, u jinoiy doiralar vakillari bilan bog‘lanib, 27 ming griven pul mukofoti evaziga unga Rossiya hududiga noqonuniy o‘tishda yordam berishni so‘radi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, konspirativ tadbirdan maqsad «chet el fuqarosining Rossiyaga noqonuniy o‘tishini tashkillashtirishga urinishda sheriklarini hibsga olish uchun sharoit yaratishdir». Ammo O‘zbekiston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, nimadir xato bo‘lib, sheriklari qo‘lga olinmagan, u esa Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga majbur bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda unga nisbatan jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi