Foto: AP Photo / Mukhtar Khan
Taniqli jinoyatchi Jitender Gogi Dehlidagi sud zalida otib o‘ldirildi. Dehli politsiyasi komissari Rakesh Astananing ma’lum qilishicha, qotillar sud binosiga advokatlar qiyofasida kirib olishgan.
Jitender Gogi, qator jinoyatlarga daxldorlikda gumon qilinib, o‘tgan yili «Tixar» qamoqxonasiga keltirilgandi. «Tillu to‘dasi» nomi bilan tanilgan jinoiy guruh Gogini o‘ldirishga qasd qilgani ma’lum bo‘lgach, politsiya uning xavfsizligini ta’minlash uchun kasalxonada o‘lgan, deya xabar tarqatgandi. Biroq hiyla ish bermadi, juma kuni sud zaliga keltirilgan Gogi guvohlar va sudyaning ko‘z o‘ngida otib tashlandi.
«Raqobatchi guruhning ikki a’zosi sud binosi ichida Jitender Gogiga o‘q uzishdi... Politsiya tezkor harakatlanib ikki qotilni o‘ldirdi. Gogini qo‘shganda jami uch kishi halok bo‘ldi», — dedi Astana NDTV telekanaliga bergan intervyusida.
«Sud binosidagi metall qidirgich ishlaganmi-yo‘qmi, buni hali aniqlaymiz, hozircha bunga izoh berolmayman. Surishtiruvni boshladik, o‘q uzishga daxldor hech kimni ayab o‘tirmaymiz», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi