18:06 / 27.09.2021
1 694

Alimentdan qarzdor bo‘lgan fuqaroga nisbatan qidiruv ishlari davom etmoqda

Alimentdan qarzdor bo‘lgan fuqaroga nisbatan qidiruv ishlari davom etmoqda
Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro S.Eshqulovaning «Facebook» internet ijtimoiy tarmog‘i orqali bir nafar farzanding moddiy ta’minoti uchun aliment pulini sobiq turmush o‘rtog‘idan ololmayotganligi yuzasidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 15.09.2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Q.Xayitovdan undiruvchi S.Eshqulova foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Oltinsoy tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor Q.Xayitov yashash manzilida bir necha yillardan buyon yashamasligi va noma’lum tomonga chiqib ketganligi, bu manzilda unga tegishli mol-mulklari yo‘qligi aniqlangan va bu haqida hujjatlar rasmiylashtirilib, qarzdor Q.Xayitovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Shundan so‘ng, olib borilgan tushuntirish ishlari davomida, qarzdorning yaqin qarindoshlari tomonidan tuman pochta aloqa tarmog‘i orqali 10.09.2021 yilda 400.000 so‘m aliment pullari undiruvchining yashash manziliga yuborilishi ta’minlangan.

Qarzdor Q.Xayitovning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi hozirgi kunda, 18.515.711 so‘mni tashkil etadi va ushbu qarzdorlikni undirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, hozirda qarzdorga nisbatan Byuroning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan qidiruv ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alimentdan qarzdor bo‘lgan fuqaroga nisbatan qidiruv ishlari davom etmoqda