Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In taomlarda it go‘shtidan foydalanishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda “Yonhap” nashri xabar bermoqda.
“Taomlarda it go‘shtidan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi masalani mulohaza qilib ko‘rib chiqish fursati yetmadimi?”, - degan Mun Chje In.
Bu haqda u respublika bosh vaziri Kim Bu Gyom bilan tashlab ketilgan uy hayvonlarini parvarish qilish tizimini yaxshilash masalasiga oid maslahatlashuvlar chog‘ida ma’lum qilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Mun Chje Inning bir nechta itlari bor.
Janubiy Koreya Jinoyat kodeksiga hayvonlarni tahqirlash moddasi kiritilgan. U it va mushuklarni shafqatsizlarcha o‘ldirish yoki ularga berahmona munosabatda bo‘lishni cheklaydi, biroq ular go‘shtidan foydalanishni taqiqlamaydi, deya yozadi “Yonhap”.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Koreyada it go‘shtini iste’mol qilish so‘nggi bir necha yil ichida 20-30 foizga kamaymoqda. 2014 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Seulda it go‘shtidan tayyorlangan taomlarni tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan 329 ta restoran ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?