Foto: Reuters
Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Balujiston viloyatida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Orif Alviy va bosh vaziri Imron Xonga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Eslatib o‘tamiz, Pokistonning Balujiston viloyatida 7 oktabr kuni 5,9 magnitudali zilzila yuz bergandi. Oqibatda kamida 20 kishi halok bo‘lgani, jarohatlanganlar soni 300 kishiga yetgani ma’lum qilingan.
The News xabariga ko‘ra, zilzila Kvetta, Sibi, Xarnay, Pishin, Killa Sayfulla va boshqa shaharlarga ta’sir qilgan. Mahalliy seysmologik markaz ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Xarnaydan unchalik uzoq bo‘lmagan, shuning uchun shahar eng jiddiy zarar ko‘rgan, eng ko‘p qurbonlar ham shu yerda qayd etilgan.
Xarnay komissari o‘rinbosarining aytishicha, shaharda 50 dan ortiq odam jarohat olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar og‘ir ahvolda kasalxonalarga yotqizilgan. Rasmiylar qurbonlar soni ortishidan xavotirda.
Hukumat vakiliga ko‘ra, Xarnaydagi ba’zi binolar vayron bo‘lgan, odamlar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin. Shaharni elektr energiyasi bilan ta’minlash uzilib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin