1 514
Olimlar: COVID-19 xitoylik konchilar organizmidagi mutatsiyalar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images
SARS-CoV-2 koronavirusi xitoylik konchining organizmida evolyutsiya natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Konchi 2012 yilda ilgari noma’lum bo‘lgan virusni yuqtirib olgan. Bu haqda Bioscience Resource Project loyihasi ijrochi direktori, virusolog Jonatan Latemga tayanib The Telegraph xabar berdi.
SARS-CoV-2 qariyb o‘n yil oldin paydo bo‘lgani haqidagi versiyani Latem 2020 yilning avgust oyida ilgari surgandi. O‘shanda u biolog Ellison Uilson bilan birgalikda Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi konchilarni davolagan vrachning dissertatsiyasini topib olgan. Konchilar konni ko‘rshapalaklarning axlatlaridan tozalagan, shundan so‘ng olti kishida COVID-19 ga xos simptomlar paydo bo‘lgan. Ularni sun’iy nafas oldirish apparatiga ulashga to‘g‘ri kelgan, uch kishi vafot etgan. Konchilarning tahlillari Uxandagi laboratoriyaga yuborilganda ular noodatiy pnevmoniyaga o‘xshash koronavirus bilan kasallangani aniqlandi.
Latemning so‘zlariga ko‘ra, virus «g‘alati evolyutsion sakrashlarni» amalga oshirishi va uzoq vaqt davomida inson organizmida saqlanib, ko‘plab mutatsiyalardan o‘tishi mumkin. Ba’zi hollarda tezlashtirilgan evolyutsiya yuz beradi, unda «o‘nlab yillar olti oyga sig‘ib ketadi».
Virusologning fikricha, virus Uxan laboratoriyasidan sizib chiqqan: «Bizning nazariyamiz shuni ko‘zda tutadiki, shunga o‘xshash evolyutsiya 2012 yilda sirli kasallikdan keyin konchilar o‘pkasida sodir bo‘lgan». Uning nazariyasiga ko‘ra, virus uni yuqtirgan konchilardan olingan tibbiy namunadan «sizib chiqqan».
Bu nazariya shuni nazarda tutadiki, virus konchi tanasida «yuzlab mutatsiyalarga» uchragan va oxir-oqibat Sars-CoV-2 ga aylangan, deya tushuntirdi olim.
Kon Motszyan-Xaniy avtonom okrugida joylashgan. Reuters yozishicha, 2012 yil oxirida Uxan virusologiya instituti olimlari u yerda Motszyan virusi deb nomlangan qo‘zg‘atuvchining namunalarini aniqlagan, keyinroq u kalamushlardan topilgan. Biroq tadqiqotlar konchilarning kasallanishiga ushbu virus sabab bo‘lganini tasdiqlamadi. 2012 yildan 2015 yilgacha konda hammasi bo‘lib, 293 tagacha koronavirus aniqlangan. Ulardan biri RaTG13 virusi bo‘lib, uning SARS-CoV-2 ga o‘xshashligi 96 foiz, deb yozadi Telegraph.
Avvalroq Telegraph Uxanda olimlar ko‘rshapalaklarga ataylab koronavirus yuqtirmoqchi bo‘lgani haqida yozgandi. Qayd etilishicha, Xitoyning Uxan shahridagi olimlar amerikalik hamkasblari bilan birgalikda 2018 yilda Xitoy ko‘rshapalaklari populyatsiyasiga koronavirusning tarkibi o‘zgartirilgan zarralarini yuqtirmoqchi bo‘lgan.
Tadqiqotchilar g‘or ko‘rshapalaklariga koronavirusning «yangi kimerik uchli oqsillari»dan iborat nanozarralar va aerozollarni ularning terisi orqali yuqtirishni rejalashtirgan. Olimlar shu yo‘l bilan odamlarga yuqadigan kasalliklarga nisbatan ko‘rshapalaklarda immunitet hosil bo‘lishiga umid qilgan.
May oyida The Wall Street Journal Uxandagi Xitoy virusologiya institutining kamida uch nafar olimi 2019 yil noyabrida, koronavirus haqida ilk ma’lumot paydo bo‘lishidan avvalroq og‘ir kasallangani haqida yozgandi. Gazeta ta’kidlashicha, bu ma’lumot virusning sun’iy kelib chiqishi haqidagi gipoteza foydasiga guvohlik berishi mumkin.
Xitoylik olimlar koronaviruslar va boshqa patogenlarni o‘rganadigan laboratoriyada ishlagan. Noyabrda ular bir vaqtning o‘zida ham COVID-19, ham oddiy mavsumiy O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) belgilariga o‘xshagan simptomlar bilan shifokorlarga murojaat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?