Foto: Chandan Khanna/ AFP
Haiti poytaxti Port-o-Prensda jinoyatchilar 17 nafar amerikalik missioner va ularning oila a’zolarini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi.
O‘g‘irlab ketilganlar orasida ayollar va bolalar bor. Amerikaliklar ularni aeroportga olib ketayotgan avtobusdan o‘g‘irlangan.
Nashrning ta’kidlashicha, Haiti ancha yildan beri siyosiy silsilalar girdobida qolib kelmoqda va bu yerda boylarni ham, oddiy odamlarni ham o‘g‘irlash odatiy holat hisoblanadi. Biroq jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan ushbu davlatda ham bunday ko‘p sonda amerikaliklarning “surbetlarcha” o‘g‘irlab ketilishi amaldorlarni hayratga solgan.
Nashr Haitidagi og‘ir vaziyatni mamlakatda 2 yil avval o‘tgan norozilik namoyishlari ortida xavfsizlik yomonlashgani bilan bog‘lamoqda.
Mamlakatdagi vaziyat 2021 yil iyulda prezident Jovenel Moiz o‘z qarorgohida o‘ldirilgan keyin yanada keskinlashgan. Bundan tashqari, avgust oyida mamlakatda yuz bergan kuchli zilzila ham vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Port-o-Prensning deyarli yarmini jinoiy to‘dalar nazorat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi