Foto: «Infosmi.net»
Markaziy razvedka boshqarmasi chop etgan ma’ruzaga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda sayyoradagi iqlim o‘zgarishi sababli dunyoga global harbiy mojaro xavf soladi.
«Iqlim o‘zgarishining kuchayib borayotgan jismoniy ta’siri transchegaraviy geosiyosiy qaynoq nuqtalarni yanada zo‘raytirib yuborishi hech gap emas. Negaki davlatlar o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli chora ko‘rishadi», – deyiladi hujjatda.
Mualliflarning fikricha, 2040 yilgacha dunyoda «iqlim to‘qnashuvlari» boshlanadi, bunda tomonlar bir-biriga qarshi qurg‘oqchilik va suv toshqini kabi tabiiy ofatlarni kuchaytiruvchi texnologiyalarni qo‘llaydi. Gap, birinchi navbatda, geomuhandislik texnologiyalari haqida bormoqda.
Mutaxassislar, shuningdek, global isishning oldini olish uchun issiqxona gazlari chiqishini kamaytirishni nazarda tutuvchi iqlim bo‘yicha Parij bitimini amalga oshirish yuzasidan kelishmovchiliklar bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida keskinlik kuchayib borishidan ogohlantirmoqda.
«Aksariyat davlatlar qiyin iqtisodiy cheklovlarga duch kelishadi va keyinchalik chiqindilarni tezda qisqartirish uchun texnologik yutuqlarga umid qilishlari mumkin bo‘ladi. Haroratning ko‘tarilish trayektoriyasini aniqlashda Xitoy va Hindiston hal qiluvchi rol o‘ynaydi», – deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, hisobot mualliflari rivojlanayotgan mamlakatlarda iqlim o‘zgarishi ta’siri tufayli ichki mojarolar xavfi kelib chiqishini ta’kidlaganlar, chunki bu davlatlar yangi sharoitlarga moslashishga qiynalishadi.
Iqlim urushidagi potensial istiqbolli nuqtalarga Kongo, Hind, Mekong va Nil daryo havzalari kabi mintaqalar kiradi. U yerda nizolar daryo kanallarining o‘zgarishi va suv oqimlarining yo‘nalishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Hisobotda global iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlaridan eng ko‘p aziyat chekuvchi 11 davlat sanab o‘tilgan. Tahlilchilarning fikricha, bu davlatlar omon qolish uchun haddan tashqari choralar ko‘rishi mumkin. Gap, xususan, yadro quroliga ega bo‘lgan Xitoy, Hindiston va Pokiston, shuningdek, Afg‘oniston, Shimoliy Koreya, Myanma hamda Markaziy va Janubiy Amerikaning bir qator davlatlari haqida bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi