Pokiston Afg‘onistonda ISHID terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatni egallab olgan toliblarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda 23 oktabr kuni The Washington Post nashri «Tolibon»ning ikki vakiliga tayanib xabar bergan.
Nashr xabarlariga ko‘ra, Pokiston terrorchilarga qarshi kurashda razvedka ma’lumotlarini uzatish va texnik yordam ko‘rsatish uchun «norasmiy kanallar»dan foydalanadi. Xususan, Pokiston tomoni ISHID jangarilarini aniqlash maqsadida «Tolibon»ga telefon qo‘ng‘iroqlari va internet faolligini kuzatishda yordam bermoqda.
"Pokiston - bizning birodarimiz va ular bizni ko‘p jihatdan, jumladan ISHID haqida ma’lumot va razvedka almashish orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Agar AQSH va dunyoning qolgan qismi biz bilan ma’lumot almashishsa, biz bir necha kun ichida ISHIDni mag‘lub eta olamiz”, degan «Tolibon» yetakchisi.
O‘z navbatida, Pokiston Tashqi ishlar vazirligining ismi oshkor qilinmagan vakili The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida, bu norasmiy muloqot va razvedka almashish bo‘yicha o‘rnatilgan sheriklik emasligini aytgan. Shu bilan birga, rasmiy Islomobod «Tolibon» bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik masalasini muhokama qilganini tasdiqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»