19:45 / 25.10.2021
2 187

OAV: Pokiston «Tolibon» bilan hamkorlikning «norasmiy kanallari»ni o‘rnatgan

OAV: Pokiston «Tolibon» bilan hamkorlikning «norasmiy kanallari»ni o‘rnatgan
Pokiston Afg‘onistonda ISHID terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatni egallab olgan toliblarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda 23 oktabr kuni The Washington Post nashri «Tolibon»ning ikki vakiliga tayanib xabar bergan.

Nashr xabarlariga ko‘ra, Pokiston terrorchilarga qarshi kurashda razvedka ma’lumotlarini uzatish va texnik yordam ko‘rsatish uchun «norasmiy kanallar»dan foydalanadi. Xususan, Pokiston tomoni ISHID jangarilarini aniqlash maqsadida «Tolibon»ga telefon qo‘ng‘iroqlari va internet faolligini kuzatishda yordam bermoqda.

"Pokiston - bizning birodarimiz va ular bizni ko‘p jihatdan, jumladan ISHID haqida ma’lumot va razvedka almashish orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Agar AQSH va dunyoning qolgan qismi biz bilan ma’lumot almashishsa, biz bir necha kun ichida ISHIDni mag‘lub eta olamiz”, degan «Tolibon» yetakchisi.

O‘z navbatida, Pokiston Tashqi ishlar vazirligining ismi oshkor qilinmagan vakili The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida, bu norasmiy muloqot va razvedka almashish bo‘yicha o‘rnatilgan sheriklik emasligini aytgan. Shu bilan birga, rasmiy Islomobod «Tolibon» bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik masalasini muhokama qilganini tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Pokiston «Tolibon» bilan hamkorlikning «norasmiy kanallari»ni o‘rnatgan