Foto: Ahram
Misrliklar o‘rtasida mamlakatning yangi poytaxti nomi, ramzi, shiori bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bu boradagi takliflar 18 noyabrgacha qabul qilinadi, deb xabar berdi Ahram mahalliy nashri.
Takliflar tarkibiga taniqli ekspertlar, jumladan yozuvchilar va olimlar kiradigan hay’at tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Misrning yangi poytaxti bo‘lishi kutilayotgan shahar poytaxt Qohiradan 50 km uzoqlikda 2015 yilda qurila boshlangan. Ayni vaqtda Qohirada 22 mln kishi yashaydi.
“Yangi Qohira” 700 kvadrat kilometr maydonni egallaydi va 6,5 mln kishiga mo‘ljallanadi. Loyihaning amalga oshirilishi dastlabki bosqichda 45 mlrd dollarga baholangan.
Bo‘lg‘usi poytaxtga asosiy davlat muassasalari, jumladan, hukumat, vazirliklar ko‘chiriladi. U yerda barcha zaruriy infratuzilma, turar joy binolari barpo etiladi.
Misrning yangi ma’muriy markazida yuqori texnologiyalar qo‘llanadi. Jumladan, shahar aholisi uchun yagona mobil dastur yaratilib, odamlar u orqali kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari, turli xizmatlarga shikoyat qilishlari va muammolar haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi.
Ko‘chalarda avtomobillar tirbandligini kuzatish, o‘g‘riliklarni aniqlash, shubhali shaxslar ortidan kuzatish uchun videokameralar o‘rnatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»