10:12 / 27.10.2021
1 547

Yaponiya malikasi oddiy fuqaroga turmushga chiqdi va unvonidan mahrum bo‘ldi

Yaponiya malikasi oddiy fuqaroga turmushga chiqdi va unvonidan mahrum bo‘ldi
Foto: Reuters
Yaponiya valiahd shahzodasi Akisinoning to‘ng‘ich qizi malika Mako oddiy fuqaro, kursdoshi Key Komuroga turmushga chiqdi. Shu tariqda Mako o‘z unvonidan mahrum bo‘ldi va endi u imperator oilasining a’zosi hisoblanmaydi, deb yozadi Reuters.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, juftlik o‘zlarining nikohini poytaxt tuman Sibuya munitsipalitetida rasman ro‘yxatdan o‘tkazgan. Nikohni qayd etish jarayonida kelin-kuyov shaxsan ishtirok etmagan, barcha hujjatlarni ularga imperator sudi hay’ati vakili olib kelgan.

Endi malika Mako rasman Komuro familiyasini oldi va imperator oilasining a’zosi emas, balki Yaponiyaning oddiy fuqarosiga aylandi. To‘ydan so‘ng er-xotin avval Tokioda yashashni, keyin esa AQSHga jo‘nab ketishni rejalashtirmoqda, chunki malikaning turmush o‘rtog‘i advokat Komuro Amerika yuridik firmasida ishlaydi.

Mako, shuningdek, Yaponiya qonunchiligiga muvofiq, oddiy fuqaroga aylangan qirollik a’zolariga beriladigan, taxminan, 1,3 million dollar miqdoridagi bir martalik to‘lovni olishdan bosh tortdi. Mako 1947 yilda Imperator sudining merosxo‘rlikni tartibga soluvchi qonuni qabul qilingandan beri oilada oddiy yaponga turmushga chiqqan to‘qqizinchi ayoldir.

Mako va uning turmush o‘rtog‘i 2017 yil sentabr oyida turmush qurishini e’lon qilganida, ular hali Tokio xalqaro xristian universitetining talabalari bo‘lgan. Vaziyat kuyovning maqomi bilan emas, balki uning onasi — malikaning qaynonasi moliyaviy firibgarlikda ayblanishi bilan yomonlashdi. Bu holat imperator oilasi uchun haqiqiy sharmandalikka aylanib, juftlikning ommaviy qoralanishiga olib keldi va ularning nikohini uch yilga kechiktirdi.

Haligacha malikaning nikohiga jamoatchilikning munosabati salbiy. Uning qarori konservativ yaponlarning g‘azabini qo‘zg‘atdi: to‘y kuni Tokioda kichik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish joizki, yapon urf-odatlari ayollarning taxtga merosxo‘r bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuning uchun malikalar baxtli oila qurish uchun o‘z unvonini qurbon qilishga moyil bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya malikasi oddiy fuqaroga turmushga chiqdi va unvonidan mahrum bo‘ldi