15:17 / 27.10.2021
1 513

Sukerberg va uning rafiqasi zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Sukerberg va uning rafiqasi zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Facebook rahbari Mark Sukerberg va uning rafiqasi Pritsilla Channing oilasida avval ishlagan ikki kishi ularni jinsiy zo‘ravonlik va kamsitishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda NBC ma’lum qildi.

Da’vo 20 sentabr kuni qo‘zg‘atilgan, biroq bu haqda faqat 26 oktabr kuni ma’lum bo‘lgan. Da’vogarlar 2017 yil yanvaridan 2019 yil martigacha oilada «uy boshqaruvchisi» bo‘lib ishlagan Jon Do va Mia Kingdir.

Chan va Sukerberg jinsiy zo‘ravonlik va kamsitishdan tashqari, xodimlarning maoshlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Ta’kidlanishicha, Facebookning o‘zi sud jarayonlarida ishtirok etmaydi.

Oila vakili Ben LaBolt Sukerbergga qo‘yilgan ayblovlarni tasdiqlab bo‘lmasligini aytgan.

«Biz oilaviy ofisda ishlayotgan professionallar jamoasi bilan faxrlanamiz va hamkasblarimizni nohaq kamsitishga qaratilgan bu ayblovlar uydirma ekanligiga aminmiz», — deya aytib o‘tgan LaBolt.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sukerberg va uning rafiqasi zo‘ravonlikda ayblanmoqda