14:43 / 23.11.2021
1 882

Ramzan Qodirov barcha jinoyatchilarning millatini ko‘rsatish taklifini bildirdi

Ramzan Qodirov barcha jinoyatchilarning millatini ko‘rsatish taklifini bildirdi
Foto: «TASS»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov chechen parlamenti tomonidan OAVlarga jinoyatchilarning millatini aytishni taqiqlovchi qonun loyihasiga qarshi chiqqan jamoat arboblari va siyosatchilarni tanqid qildi. U muqobil variant sifatida har bir jinoyatda jinoyatchilarning millatini aytishni taklifini ilgari surgan, deb xabar beradi «RBK».

«Mayli, jinoyatchining millati ko‘rsatilishi kerak desalaringiz, men buning ‘tarafdoriman!’. Masalan, 2021 yilning to‘qqiz oyi davomida Rossiyada 1,5 milliondan ortiq jinoyatlar sodir etilgan, ularning mutlaq ko‘pchiligi — kavkazliklar emas. Butun Rossiya bo‘ylab har kuni minglab jinoyatlar sodir etiladi: zo‘rlash, voyaga yetmaganlarga tegajog‘lik, qotillik, o‘g‘rilik, bosqinchilik, talonchilik, kannibalizm va hokazo. So‘z erkinligi tarafdori bo‘lgan jurnalistlar necha marta jinoyatchining millatini, uning dinini, tug‘ilgan yoki yashash joyini ko‘rsatgan?», — deb yozadi Qodirov o‘zining Telegram kanaliga.

U so‘z erkinligiga bo‘lgan chaqiriqlarni «ko‘zbo‘yamachilik» deb atagan va ular «ishga faqatgina kavkazliklar: chechenlar, ingushlar, dog‘istonliklar aralashsa» yangrashini ma’lum qilgan. «Agar barcha millatini aytish kerak deb hisoblasa, kelinglar hech qanday bahonalarsiz har bir jinoyatchini aytaylik (bu boradagi so‘z erkinligingizni ko‘rsating… Ertadan boshlab barchani — rusni, boshqir, qozoq, tatar, yahudiy, udmurt, buryat, yoqut… — istisnolarsiz barchani ayting. Bahonada kim ko‘proq qonun buzishini bilib olamiz)», — deb yozadi Qodirov.

Checheniston rahbarining hisoblashicha, qonun loyihasini tanqid qilganlar «o‘z kuratorlaridan buyruq olgan» va bu mavzuda ma’lum «qo‘g‘irchoqboz» borligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram’ga joylagan ikkita postida ommaviy axborot vositalarini tanqid qilgandi, bunga jurnalistlarning Yangi Moskvada bolasi bilan ketayotgan erkakka hujum qilish aybi bilan hibsga olingan to‘rt kishini «Shimoliy Kavkazning tub aholisi» deb atagani sabab bo‘lgan.

Checheniston rahbarining aytishicha, OAV bir necha kun davomida Yangi Moskvadagi mushtlashuv ishtirokchilarini «Shimoliy Kavkaz federal okrugi respublikalarining tub aholisi» deb atagan, uning so‘zlariga ko‘ra, «bu axloqsiz OAVlarning birortasi ham» yolg‘on ma’lumot tarqatgani va milliy adovat qo‘zg‘agani uchun uzr so‘ramagan.

Qodirov, shuningdek, RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyanni ham tanqid qilgandi, u Yangi Moskvada sodir bo‘lgan voqealarni izohlar ekan, shunday degan edi: Ushbu kelgindilar va kavkaz millatiga mansub shaxslarning barchasi mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha yana qattiqroq tartib joriy etilishiga qo‘yib beryapti. Checheniston rahbari Simonyanga ishora qilib, uni «kavkazlik» deb atadi va «jiddiy, nufuzli ommaviy axborot vositalarining bosh muharririga ma’lumotni tekshirib, shundan keyingina yangi mavzu bo‘yicha xulosa va PR qilish»ni taklif qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov barcha jinoyatchilarning millatini ko‘rsatish taklifini bildirdi