17:35 / 23.11.2021
1 694

Angliyada naqd puldan to‘liq voz kechilishi mumkin

Angliyada naqd puldan to‘liq voz kechilishi mumkin
Foto: AP
Britaniyada mamlakat iqtisodiyotida muntazam ravishda yo‘qolib borayotgani sababli naqd puldan voz kechish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Angliya banki raisi o‘rinbosari Jon Kanliffga tayanib Bloomberg xabar berdi.

«Markaziy bankning davlat pullari yo‘qolib bormoqda. Londonda naqd puldan foydalanish imkoni yo‘q joylar bor», — dedi Kanliff.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Angliyada kredit va debet kartalari ommalashmoqda. Shuningdek, naqd pul muomalasini kamaytiradigan onlayn-texnologiyalar jadal rivojlanmoqda.

Kanliffning fikricha, Britaniya hukumati kelajak moliya tizimidagi barcha pul operatsiyalarini kuzatishga moslashishiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Shvetsiya naqd puldan voz kechish va milliy valyutaning raqamli muqobiliga o‘tishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliyada naqd puldan to‘liq voz kechilishi mumkin