Foto: Sputnik
Qirg‘iziston chegara xizmati Tojikiston bilan chegaradagi keskinlik tufayli xizmatning kuchaytirilgan rejimiga o‘tdi: qo‘shni davlat fuqarolari qirg‘izistonliklarning avtomobillarini toshbo‘ron qilgan, bunga javoban qirg‘iz chegarachisi havoga o‘q uzgan, deb yozmoqda «RIA Novosti» chegara boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib.
Qirg‘iziston chegarachilari ma’lum qilishicha, 25 dekabr kuni Qirg‘izistonning Damba va Maqsat qishloqlari to‘g‘risidagi chegara yaqinida tojikistonlik harbiylarning to‘planishi qayd etilgan, chegara postlaridan birida esa tojik harbiylari minomyot o‘rnatgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Eki-Toshdagi chegara hududida otishma sodir bo‘lgan: tojik fuqarolari qirg‘izistonliklarning avtomobillarini toshbo‘ron qilgan, mojaroni to‘xtatish uchun qirg‘iz chegarachisi havoga o‘q uzishga majbur bo‘lgan, deya xabar berdi, Qirg‘iziston chegara boshqarmasi.
«Eki-Tosh hududida sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng darhol Qirg‘iziston va Tojikiston chegara postlari boshliqlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ular vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha chegara posbonlarini joylashtirdi. Tojikiston tomoni hodisaga aloqador shaxslarni qidirayotganini ma’lum qildi. Davlat chegarasining ushbu qismida joylashtirilgan Qirg‘iziston chegara xizmati bo‘linmalari kuchaytirilgan xizmat ko‘rsatish rejimiga o‘tkazildi», — dedi boshqarma matbuot kotibi.
Ta’kidlanishicha, hozirda chegaradagi vaziyat «nisbatan barqaror». «Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati mazkur uchastkadagi vaziyatni nazoratga olgan va kuzatib bormoqda», — deya ta’kidlanadi boshqarma xabarida.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz beradi. Bunga chegaradagi bahsli va tavsiflanmagan hududlar sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi