1 595
Ashxobodda Berdimuhamedov, hukumat a’zolari hamda diplomatlar uchun Yangi yil bazmi uyushtirildi
Foto: Turkmaniston davlat axborot agentligi
29 dekabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodning «Alem» bog‘iga o‘rnatilgan Yangi yil bosh archasini borib ko‘rdi. Archa oldiga yig‘ilgan Ayaz Baba (Qorbobo), Garpamik (Qorqiz) va bolalar davlat rahbarini kirib kelayotgan 2022 yil bilan tabrikladi. Turkmaniston davlat axborot agentligi xabarida qayd etilishicha, kelayotgan yil mamlakatda «Arkadag‘li xalq davri» shiori ostida o‘tadi.
Xabarga ko‘ra, bog‘da Berdimuhamedov bolalarning chiqishlarini tomosha qilgan va archa atrofida raqs tushgan.
Keyinroq Savdo-sanoat palatasi binosida prezident Berdimuhamedovning farzandlari va nevaralari, hukumat a’zolari va amaldorlar, shuningdek, xorijiy diplomatlar uchun Yangi yil bazmi bo‘lib o‘tgan.
«Bazm ‘Hoş geldiň täze yyl Arkadagly diýar’ («Xush kelibsiz, Arkadag davrining yangi yili») qo‘shig‘i bilan umumbashariy bayram shodligi va birdamligining yuqori notasida yakunlandi», — deb yozadi agentlik.
Televideniyeda namoyish etilgan ko‘rsatuvlarga qaraganda, Turkmaniston rahbarining o‘zi bazmda ishtirok etmagan.
Foto: Efirdan kadr
Foto: Efirdan kadr
Foto: Efirdan kadr
Foto: Efirdan kadr
Foto: Efirdan kadr
Foto: Efirdan kadr “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”