14:08 / 01.01.2022
1 158

Tesla texnik nosozliklarni tuzatish uchun 475 mingta elektromobilini chaqirib oladi

Tesla texnik nosozliklarni tuzatish uchun 475 mingta elektromobilini chaqirib oladi
Foto: Getty Images
Tesla avariyalar xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklar tufayli AQSHda sotilgan 475 mingta elektromobilini chaqirib oladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Xususan, 2017–2020 yillarda ishlab chiqarilgan 356 mingta Model 3 ning barchasi qaytarib olinadi. Elektromobillarning bagajini ochib-yopishda u orqadan ko‘rish kamerasining simlariga zarar yetkazishi mumkin, bu esa kameraning ishlamay qolishiga olib keladi.

Bundan tashqari, 2014 yildan beri ishlab chiqarilgan 119 ming Model S avtomobili ham qaytarib olinadi. Ularning qulfi almashtiriladi, hozirda mashinalar qulfidagi nosozlik tufayli kapot birdaniga ochilib ketishi mumkin.

Ikkala muammo ham qo‘shimcha xarajatlarsiz hal qilinadi, deyiladi Tesla bayontida.

Chaqirib olinadigan avtomobillar soni Tesla’ning butun 2020 yil davomida ishlab chiqargan elektromobillari soni bilan deyarli bir xil. O‘sha yili kompaniya qariyb 510 mingta elektromobil ishlab chiqargan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tesla texnik nosozliklarni tuzatish uchun 475 mingta elektromobilini chaqirib oladi