Rossiyaning Ukraina chegarasida harbiy kuchlarni jamlayotganiga javoban Litva Ukraina armiyasiga Stinger zenit-raketa havo mudofaa tizimlarini beradi. Bu haqda dushanba kuni Litva Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.
Xuddi shuningdek mudofaa tizimlarini Ukrainaga Latviya ham ajratishni mo‘ljallagan. Estoniya esa Amerikaning Javelin tankka qarshi raketa tizimlarini topshirishni rejalashtirmoqda.
Bunday yordam AQSH hukumati tomonidan AQSHda ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar uchinchi davlatga o‘tkazilishi ma’qullanganidan keyin taqdim etiladi.
«Ukrainaga bu qurollar kerak bo‘lmasligiga chin dildan umid qilamiz. Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiyani o‘zining tajovuzkor va mas’uliyatsiz xatti-harakatlarini to‘xtatishga chaqirmoqda», - degan Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas.
Avvalroq The Wall Street Journal Vashingtondagi rasmiylarga tayanib, Estoniya, Latviya va Litva AQSHdan Javelin va Stinger tizimlarini Ukrainaga berish uchun ruxsat olgani haqida xabar bergan edi.
Rossiya rasmiylari Moskva Ukrainaga bostirib kirishni rejalashtirayotganini bir necha bor rad etgan bo‘lsa-da, Ukraina chegarasi yaqinida 100 mingga yaqin rus qo‘shinlari joylashtirilgan. G‘arb Rossiya armiyasining bunday to‘planishini Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun urushga tayyorgarlik deb atamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas