09:00 / 11.02.2022
1 764

Marsga ikki baravar tez olib boradigan «yo‘l» topildi

Marsga ikki baravar tez olib boradigan «yo‘l» topildi
Foto: «Ferra»
«Planet Today» yozishicha, kanadalik olimlar kuchli lazer qurilmasi odamlarni olis sayyorlalarga tezroq yetkaza oladi, deyishmoqda. Masalan, Marsga.

Bu yerda gap fazo kemasini 16 km/soniyagacha tezlata oluvchi lazer tizimi haqida. Bu tezlikda (amalda qo‘llash mumkin bo‘lsa, albatta) Marsga uch oy emas, bir yarim oyda yetib borish mumkin.

Texnologiyaga infraqizil lazerlarning yuqori kuchli (taxminan 100 MVt) to‘plami asos qilib olgan. Olimlar juda ko‘plab kichik lazer nurlarini bir tomonga yo‘naltirib, kengligi o‘n metrgacha yagona ulkan nurni hosil qilishlari mumkin.

O‘z navbatida, fazo kemasida qabul qilgich o‘rnatiladi, u keluvchi lazer nurini yonish kamerasiga yo‘naltiradi. G‘oyaga ko‘ra, yonilg‘i sifatida vodorod plazmasidan foydalanish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Marsga ikki baravar tez olib boradigan «yo‘l» topildi