2 673
Ukrainaning Turkiyaga Qora dengizni rus kemalari uchun yopish bo‘yicha murojaatiga oydinlik kiritildi
Turkiya Ukrainada davom etayotgan urushni to‘xtatish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘radi. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shanba kuni hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qilgan.
Turkiya prezidenti devoni Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, suhbatda Rossiyaning Ukrainaga harbiy aralashuvi va so‘nggi yangiliklar muhokama qilindi. Erdo‘g‘on Rossiya hujumi sababli hayotdan ko‘z yumgan Ukraina fuqarolariga hamdardlik bildirdi, yaradorlar esa tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Turkiya rahbari yana insonlar halok bo‘lishining oldini olish va Ukrainaga talafot yetkazmaslik uchun imkon qadar tezroq o‘q otishni to‘xtatish sulhi e’lon qilinishi uchun harakat qilinayotganini bildirdi.
Xabarlarga ko‘ra, shu kunlarda Turkiya Ukrainaga katta miqdorda gumanitar yordam ham jo‘natmoqda.
V.Zelenskiy Erdo‘g‘on bilan suhbatdan keyin Turkiya prezidenti va xalqiga og‘ir palladagi ko‘magi uchun minnatdorlik bildirar ekan, “Rossiya harbiy kemalarining Qora dengiz orqali o‘tishini taqiqlash va Ukrainaga harbiy va gumanitar yordam ko‘rsatish bugungi kunda juda muhim”, – deb ta’kidladi.
Ukraina rahbarining bu mulohazalari ortidan Turkiya Qora dengiz orqali Rossiya harbiy kemalarini o‘tishini butkul taqiqladi degan mazmunda xabar tarqaldi.
Turkiya matbuotining mamlakat rasmiy doiralariga tayanib xabar berishicha, hozircha Qora dengiz orqali yo‘lni yopish masalasida yakuniy qaror qabul qilinganicha yo‘q. Qayd etilishicha, hozirda urush holati bor-yo‘qligi baholanmoqda.
Kuni kecha Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqotda rasmiy Anqaraning vositachilik taklifini takroran eslatgan. M.Chovusho‘g‘li harbiy ziddiyatning yanada kuchayishi hech kimga foyda keltirmasligini ta’kidlab, harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirgan.
Avval xabar berganimizdek, prezident Erdo‘g‘on Ukrainadagi urushni bartaraf etish masalasini muhokama etish uchun Rossiya rahbarini Turkiyaga taklif etgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Rossiyaning Ukrainaga qo‘shin tortib kirishi bilan bu harbiy amaliyotni qoralagan.
«Biz Rossiya Federatsiyasini ushbu adolatsiz va noqonuniy xatti-harakatlarni imkon qadar tezroq to‘xtatishga chaqiramiz. Ukrainaning siyosiy birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashimiz kelgusida ham davom etadi», – deyiladi rasmiy Anqara bayonotida.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq Ukrainaga tegishli bo‘lgan Donetsk va Lugansk hududlarini alohida respublika sifatida tan olish haqidagi farmonga imzo chekdi. Turkiya tomoni bu masalada ham keskin qarshi bayonot bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz