Foto: Mixail Tereshenko / TASS
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning Yevropa Kengashidan chiqarilganini o‘lim jazosini tiklash uchun yaxshi imkon deb atadi.
«Yevropa Kengashi Rossiyani a’zolikdan chiqardi. Qanday adolatsizlik. Yaxshi bo‘ldi, endi eshikni qars yopib, bu bo‘lmag‘ur safsatalarni unutsak ham bo‘ladi. O‘zi yoshlik qilib qo‘shilib qolgandik.
Bundan tashqari, jinoyatchilikning oldini olish uchun keskin jazolarni tiklash uchun yaxshi imkon paydo bo‘ldi. Masalan, o‘lim jazosini. Undan AQSH va Xitoyda ham keng foydalanishadi». dedi sobiq Rossiya prezidenti.
Dmitriy Medvedev 2008 yildan 2012 yilgacha Rossiya prezidenti bo‘lib ishlagan. 2020 yilgacha bosh Rossiya hukumat rahbari — bosh vazir bo‘lgan. Hozirda Xavfsizlik kengashida Putinning o‘rinbosari bo‘lish bilan birga Rossiya hukmron partiyasi «Yedinaya Rossiya» raisi hisoblanadi. Украина ва Россия уруши “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Meksikadagi qamoqxonada qurolli isyon sodir etildi
Husanov va Fayzullayevni taqqoslashdi... Kim kuchli?