
Foto: Anadolu Agency
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatga Rossiya yoki ushbu mamlakatning yuridik shaxslari, benefitsiarlari yoki ta’sischisi Rossiyada bo‘lgan mol-mulklarni kompensatsiyasiz musodara qilish huquqini beradigan qonunni imzoladi.
Musodara qilish haqidagi qaror Ukraina hukumati tomonidan milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga kiritiladi hamda prezident farmoni bilan tasdiqlanadi.
- "Rossiya Federatsiyasi va/yoki uning rezidentlariga tegishli mulk hisoblangan huquq ob’ektlarini majburiy tartibda musodara qilish Rossiya Ukraina va uning xalqiga qarshi olib borayotgan keng miqyosdagi tajovuzkor urush tufayli ularning narxidagi hech qaday kompensatsiyasiz amalga oshiriladi", - deydi Ukraina Oliy Radasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar