23:44 / 13.03.2022
1 473

Ukrainada amerikalik jurnalist halok bo‘ldi

Ukrainada amerikalik jurnalist halok bo‘ldi
© Todd Williamson/Invision for IDA/AP Images
Kiyev oblastidagi Irpen shahrida amerikalik kinodokumentalist Brent Reno halok bo‘ldi. Bu haqda oblast politsiyasi boshlig‘i Andrey Nebitov xabar berdi. Uning aytishicha, jurnalistlar rossiyalik harbiylar o‘qlariga nishon bo‘lgan.

Yana ikki jurnalist yaralangan holda shifoxonaga yotqizilgan. Yaralangan jurnalistlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ular qochqinlarni tasvirga olayotganida o‘t ochilgan, Renoning bo‘yniga o‘q tekkan.

Bu Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon OAV vakili o‘limi bilan bog‘liq ilk holatdir. Uning yonidan NYT beyjigi topilgan.

Brent Reno muqaddam The New York Times nashri bilan hamkorlik qilgan. Nashr uning o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

The New York Times o‘z bayonotida Brent Reno o‘tmishda ko‘p yillar gazeta uchun ishlagani, ammo Ukrainaga tahririyat topshirig‘i bilan bormaganini ma’lum qildi.

Hozircha Reno qaysi nashr nomidan Ukraina voqealarini yoritish bilan shug‘ullangani noma’lum. IMDB bazasida xabar qilishlaricha, Brent Reno ukasi Kreyg bilan harbiy mojarolar hududlaridan hujjatli filmlar ishlash bilan shug‘ullangan, jumladan Iroq va Afg‘onistonda. Uning faoliyati nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.

Bu hodisadan keyin jurnalistlarga Irpenga borish taqiqlandi. «Shu orqali ularning ham, himoyachilarimizning ham hayotini saqlab qolmoqchimiz», degan shahar rahbari Aleksandr Markushin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada amerikalik jurnalist halok bo‘ldi