Foto: Global Look Press
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «Ukraina xalqiga qarshi axloqsiz urush olib borayotgan qo‘nxo‘r diktator va haqiqiy kallakesar» deb atadi. Bu haqda u Avliyo Patrik kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qilgan.
16 mart kuni Bayden Putinni harbiy jinoyatchi deb atagandi. Bir yil oldin Bayden Putinni «qotil deb hisoblaysizmi?» degan savolga ijobiy javob bergandi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH davlat rahbarining «Putinni harbiy jinoyatchi» deb atagan bayonoti «o‘rinsiz va kechirib bo‘lmaydigan nutqdan» boshqa narsa emasligini aytgan. Kreml vakilining fikricha, «bombalardan butun dunyoda 100 minglab odamlar halok bo‘lgan davlat rahbarining bunday ohangda aytgan gaplari o‘rinsiz».
Avvalroq BMT Xalqaro sudi Rossiyadan Ukrainadagi harbiy harakatlarini to‘xtatishni talab qilgandi. Kreml BMT Xalqaro sudining Ukrainada jangovar harakatlarni to‘xtatish borasidagi talabini qabul qila olmasligini bildirgan. «Yo‘q, biz bu qarorni e’tiborga ololmaymiz. Xalqaro sudda ‘tomonlar kelishuvi’ degan tushuncha bor. Bu yerda hech qanday kelishuv bo‘lishi mumkin emas», — deydi Peskov.
Bayden1, Putin1, Qonxo‘r diktator1, Haqiqiy kallakesar1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi