Foto: «Zaodessu.com.ua»
Ukrainada avtomobil va motosikl haydovchilariga videoregistratorlardan foydalanish taqiqlandi, deb xabar beradi «Ukrainskaya pravda» nashri. Mazkur qaror Rossiya harbiy operatsiyasi fonida Ukraina «mudofaa kuchlarining vazifani bajarish va bir joydan boshqa joyga ko‘chishiga» oid ma’lumotlar oshkor etilmasligi uchun qabul qilingan.
Ukraina hukumatining qaroriga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi yo‘llarni, umumiy foydalanishdagi ob’ektlar va infratuzilma ob’ektlarini surat va tasvirga olish taqiqlangan. Shuningdek, nazorat-o‘tkazish punktlari, ularning joylashuvini, bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari harbiy qismlari va bo‘linmalarining harakatini suratga olish taqiqlanadi.
«Bu kabi ehtiyotkorlik barcha viloyatlar, ayniqsa, jangovar harakatlar davom etayotgan hududlar uchun juda muhim. Harbiy qo‘mondonlikning ushbu qarori harbiy ma’muriyatlar vakillariga yetkazilgan, ular buni jamoatchilikka havola etadi», — deydi Ukraina Qurolli kuchlarining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Bogdan Senik.
Avvalroq Zelenskiy Rossiya propagandasini taqiqlovchi qonunni imzolagandi. Qonun Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini oqlash, unga aloqador shaxslarni maqtashni taqiqlaydi. Rossiyaning harakatlarini oqlovchi partiyalar va rossiyaparast tashkilotlar faoliyati sud qarori bilan tugatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denatsifikatsiya» qilish bo‘yicha «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangandan buyon harbiy harakatlar oqibatida 115 nafar ukrainalik bola halok bo‘ldi, yana 140 nafari yaralangan. Ukrainada rossiyalik harbiy asirlar uchun lagerlar tashkil etilgan, mamlakatda kamida 562 nafar asir bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Fransiya kubogi. "Lans" PSJga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi, Husanov gol urdi!