20:01 / 22.03.2022
1 060

Devid Bekhem Instagram’dagi akkauntini Xarkovdagi tug‘uruqxona shifokoriga foydalanishga berdi

Devid Bekhem Instagram’dagi akkauntini Xarkovdagi tug‘uruqxona shifokoriga foydalanishga berdi
Foto: Harper’s Bazaar
Britaniyalik sobiq sportchi Devid Bekhem Instagram’dagi akkauntini Xarkovdagi tug‘uruqxona shifokoriga berdi, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Sobiq sportchi Devid Bekhem o‘zining sahifasini ukrainalik shifokorga foydalanishga berdi. Kun davomida Bekhemning sahifasini bolalar anesteziologi va Xarkovdagi mintaqaviy perinatal markaz rahbari Irina Kondratova boshqardi. U britaniyalik futbolchining 71 million kuzatuvchisiga ushbu qiyin davrda tibbiy markaz qanday ishlayotganini ko‘rsatdi. Irina tug‘uruqxonaning hozirgi ishi, homilador va farzandli bo‘lgan ayollar yerto‘lada qanday yashiringanligi haqida bir nechta stories’lar joylashtirdi. Shu tariqa Bekhem jahon hamjamiyatining e’tiborini sodir bo‘layotgan voqealarga qaratmoqchi bo‘ldi va BMT Bolalar jamg‘armasiga xayriya qilishga chaqirdi.

Bekhem ushbu qarorini 2022 yil 20 mart kuni o‘zining so‘nggi postida e’lon qildi. «Irina va unga o‘xshagan boshqa shifokorlar Ukrainada insonlar hayotini saqlab qolish uchun qilayotgan ajoyib ishlari haqida ko‘proq bilish uchun mening stories’larimni ko‘ring. Iltimos, UNICEF’ga yordam ko‘rsating», — deya futbolchi obunachilarga murojaat qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Devid Bekhem Instagram’dagi akkauntini Xarkovdagi tug‘uruqxona shifokoriga foydalanishga berdi