
Rossiyalik tadbirkor, milliarder Roman Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokara jarayonlarida juda samarali vositachi vazifasini bajaryapti. Buni bugun, 30 mart kuni o‘tkazilgan brifingda Ukraina prezidenti Ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ta’kidladi.
«U (Abramovich — tahr.) delegatsiyalar o‘rtasidagi juda samarali vositachi hisoblanadi. Ya’ni oxir-oqibat tomonlar o‘rtasida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun, u jarayonlarda qisman moderatorlikni o‘z zimmasiga olmoqda. Bir tomon nimanidir ilgari suradi, boshqa tomon muzokaralar jarayoni logistikasi nuqta nazaridan buni to‘g‘ri anglamasligi mumkin», — dedi Podolyak.
U Roman Abramovichning zaharlangani to‘g‘risidagi gap-so‘zlarga ham munosabat bildirib o‘tdi. Podlyakning fikricha, bular delegatsiyalarga bosim o‘tkazish, ularni diqqatni jamlashdan chalg‘itish uchun uyushtirilgan spekulyativ, konspirologik uydirmalar, xolos.
Roman Abramovich Rossiya-Ukraina muzokaralariga har ikki tomon tasdig‘i bilan jalb etilgani haqidagi ma’lumotni Kreml tasdiqlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar