Foto: Meduza
Rossiya qo‘shinlari Chernobil AESni tark etib, Ukraina Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiyasining bir necha a’zosini asirga oldi. Bu haqda Slavutich (Chernobil AESdagi avariyadan keyin stansiyaning evakuatsiya qilingan xodimlari uchun maxsus qurilgan shahar) meri Yuriy Fomichev o‘z videomurojaatida ma’lum qildi.
«Bugun ko‘plab aholi punktlaridan dushmanning ketayotgani sezildi. Hozircha biz ular qayerga ketayotganini aniq bilmaymiz, lekin bilamizki, bizning yigitlar — bosqinning birinchi kundanoq AESda qo‘lga olingan va stansiyani qo‘riqlagan Milliy gvardiyachilar Chernobil AESdan olib ketilgan. Ularni mashinalarda solib, olib ketishgan», — deydi Fomichev. U Milliy gvardiyachilar asirga olingan rossiyaliklar bilan almashtirilishiga umid qilmoqda.
30 mart kuni AFP agentligi Pentagondagi manbasiga tayanib, rossiyaliklar Chernobil AESni Belarus yo‘nalishida tark eta boshlagani haqida xabar berdi. Ertasi kuni Ukraina «Energoatom»ning xabar berishicha, 31 mart kuni ertalab rus harbiylari Chernobil AESdan chiqib ketayotgani haqida stansiya xodimlarini xabardor qilgan, shundan so‘ng ular ikki kolonna bo‘lib Ukraina va Belarus chegarasi tomon yo‘l olgan. Rossiya qo‘shinlarining kichik bir qismi stansiyada qolgan.
«Energoatom», shuningdek, rossiyalik harbiy xizmatchilar avariya zonasidagi eng zararli joy hisoblangan Qizil o‘rmonda istehkomlar qurayotganini, buning natijasida ko‘pchilik go‘yoki «katta radiatsiya dozasini» olgani haqida ma’lum qildi. Avvalroq Chernobil avariya zonasini boshqarish bo‘yicha davlat agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zosi Yaroslav Emelyanenko ham rossiyalik askarlarning radiatsiyalangani haqida gapirgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotga izoh bermagan.
Rossiya kuchlari urushning birinchi kunidayoq Chernobil AESni egallab olgandi. 9 mart kuni MAGATE Ukraina tashkilotga stansiya xodimlarining rotatsiyasini ta’minlash so‘rovi bilan murojaat qilgani, chunki u yerda urush boshlanganidan beri 210 kishi smena almshtirmasdan ishlagani haqida xabar berdi. 20 mart kuni, «Energoatom» stansiyada xodimlarning qisman rotatsiyasi amalga oshirilganini xabar qildi.
30 mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi «Donbassni to‘liq ozod qilish bo‘yicha operatsiyani yakunlash» maqsadida Rossiya qo‘shinlarini Kiyev va Chernigov yo‘nalishlaridan olib ketish rejalashtirilayotganini e’lon qildi.
Rossiya qo‘shinlari1, Chernobil AES1, Ukraina1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?