Putinning urushga qarshi gapini iqtibos keltirgan shaxs jazolandi

Putinning urushga qarshi gapini iqtibos keltirgan shaxs jazolandi
Sankt-Peterburgning Viborgskiy tuman sudi mahalliy fuqaro Artur Dmitriyevni Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish moddasi bo‘yicha aybdor deb topib, 30 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda «OVD-Info».

7 aprel kuni Dmitriyev urushga qarshi yakka o‘zi namoyish uyushtirgani uchun hibsga olingan edi.

Uning qo‘lida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ikkinchi jahon urushi haqidagi iqtibosi bitilgan qog‘oz bor edi: «Urush shunchalik qayg‘u keltirdiki, uni unutib bo‘lmaydi. Yana shunday tajovuzkor rejalar tuzganlar uchun kechirim yo‘q».

Hibsga olingandan keyin Artur Dmitriyev tunni politsiya bo‘limida o‘tkazgan. Sud 8 aprel kuni unga nisbatan ma’muriy ishni ko‘rib chiqqan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar