
Urushning qirq beshinchi kunida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. U Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi va Kiyev markazini aylanib chiqdi. BBC xabariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi «maxsus operatsiya» qo‘mondonligini Suriyadagi rus qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan general Aleksandr Dvornikovga ishonib topshirgan.
Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Rossiya bosqinidan keyin urush qonunlari va urf-odatlarini buzganlik uchun 4200 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ukrainaning shahar va qishloqlarida esa odamlar qo‘shnilarini tomorqalariga ko‘mib, vayronalar ostidan o‘lganlarning jasadlarini topishda davom etmoqda.

Mariupolning Levoberejniy tumanidagi chechenistonlik harbiy
Foto: «TASS»

Levoberejniy tumanining o‘qqa tutilishi.
Foto: «TASS»

Chernigovliklar vayron bo‘lgan Rossiya harbiy texnikasi yonidan o‘tmoqda
Foto: AP Photo

Lugansk viloyati, Rubijnoy shahridagi Madaniyat uyi foyesida turgan ukrainalik askar.
Foto: AFP

Vladimir Zelenskiy prezident ma’muriyati binosida intervyu bermoqda
Foto: AP Photo

Zaporojedagi front chizig‘idan 30 kilometr uzoqlikda o‘qdan himoyalovchi nimcha kiygan odam ekin ekmoqda.
Foto: «Ukinform»

Xarkov viloyatining Malaya Rogan qishlog‘ida ishchilar minomyot snaryadlaridan zarar yetgan molxona tomini ta’mirlamoqda.
Foto: Reuters

Kiyev atrofidagi Borodyanka shahri aholisi vakilining jasadi turar joy binosi vayronalari ostidan topildi.
Foto: Reuters

Rubijnoy shahrida yashovchi Maksim minomyotdan o‘qqa tutilib vafot etgan qo‘shnisining qabrini ko‘rsatmoqda. Maksim uni tomorqasiga ko‘mishga majbur bo‘lgan.
Foto: AFP

Rubejnoyda turar joy oldiga dafn etilgan aholining qabrlari.
Foto: «TASS»

Kramatorskdan evakuatsiya qilinayotgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan xayrlashmoqda.
Foto: AFP

Irpen daryosidagi to‘g‘onning o‘qqa tutilishi oqibatida Kiyev viloyati Demidov qishlog‘ini suv bosdi.
Foto: Sopa Images “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar