Zelenskiy Janubiy Koreyadan qurol so‘radi

1 daqiqa o'qish1.7K
Zelenskiy Janubiy Koreyadan qurol so‘radi
Foto: «Ukinform»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Janubiy Koreyaga harbiy yordam so‘rab murojaat qildi. Davlat rahbari Janubiy Koreya parlamentida videoaloqa orqali so‘zga chiqib, bir qancha qurol-yarog‘ so‘ragan.

«Bizga havo hujumidan mudofaa tizimlari kerak, samolyotlar, tanklar, boshqa zirhli texnikalar, artilleriya tizimlari va o‘q-dorilar kerak. Sizda esa bizga zarur narsalar bor», — dedi u.

Avvalroq Janubiy Koreya mudofaa vaziri So Uk Ukrainaga qurol yetkazib berish imkoniyatini rad etgan edi. Bungacha Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Chon Iy Yen Seul Kiyevga 30 million dollarlik gumanitar yordam yetkazishni va uning umumiy miqdorini 40 million dollarga oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, o‘z nutqida Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari egallashga urinayotgan Mariupolda urush paytida o‘n minglab odamlar halok bo‘lganini aytdi. U Rossiya yangi hujum uchun o‘n minglab qo‘shin yig‘ayotganini qo‘shimcha qildi. Gap Rossiyaning Donbassdagi hujumi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Mart oyi boshida rus qo‘shinlari Mariupolni qamal qilishni boshladi. Oyning o‘rtalaridayoq shahar hokimiyati hududning 80-90 foizi vayron bo‘lganini va minglab qurbonlar borligini bildirgan.

7 aprel kuni Mariupol meri Vadim Boychenko shaharda kamida 5 ming kishi halok bo‘lganini aytdi. Urushdan oldin Mariupol aholisi taxminan 430 ming kishi edi. Shahar meri Vadim Boychenkoga ko‘ra, aprel oyi boshida shaharda 100 mingga yaqin odam qolgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?