21:15 / 23.04.2022
1 629

Pentagon Hindistondan Rossiya bilan mudofaa dasturidan voz kechishni talab qildi

Pentagon Hindistondan Rossiya bilan mudofaa dasturidan voz kechishni talab qildi
Foto: «TASS»
Qo‘shma Shtatlar Hindiston va boshqa davlatlardan Rossiya bilan qo‘shma mudofaa faoliyatidan voz kechishni talab qildi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi vakili Jon Kirbiga tayanib, Times of India ma’lum qildi.

«Biz Hindistonga, shuningdek, boshqa davlatlarga o‘zlarining mudofaa ehtiyojlari borasida Rossiyaga tayanishlarini istamasligimizni aniq bayon qildik», — deydi Kirbi.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, AQSH Hindiston bilan harbiy sohadagi hamkorlikni qadrlaydi. «Bir hafta oldin isbotlanganidek, biz rivojlanishni yanada yaxshilash yo‘lini qidiryapmiz. Bu davom etadi, chunki ahamiyatga ega, bu muhim», — deydi u.

Ma’lumot uchun, Hindiston mudofaa sohasida Rossiyaning eng yirik hamkorlaridan. Rossiyaning Hindistondagi elchisi Denis Alipovning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning mudofaa sohasidagi jami buyurtmalari 14 milliard dollardan oshadi.

Rossiya va Hindiston dekabr oyida 2031 yilga qadar harbiy-texnik hamkorlik dasturi bo‘yicha bitim imzolagan. U Delida o‘tkazilgan Rossiya—Hindiston sammiti doirasida Narendra Modi va Vladimir Putin tomonidan muhokama qilingan. O‘shanda tomonlar 590 million dollarlik shartnomani imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra Hindiston hududida «AK-203» avtomatlari ishlab chiqariladi.

Mart oyida Vashington AQSH prezidenti administratsiyasi CAATSA qonuni doirasida Hindistonga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2017 yilgi qonunga ko‘ra, Rossiyaning taqiqlangan sektorlari, loyihalari va jismoniy shaxslari bilan hamkorlik qilgan AQSHga tegishli bo‘lmagan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rishni nazarda tutadi.

Shundan so‘ng, 17 aprel kuni Hindiston Rossiyadan 48 ta «Mi-17B5» harbiy-transport vertolyotlarini xarid qilish rejasini to‘xtatgan. ANI agentligi va India Today portaliga ko‘ra, qaror Vashington tomonidan bo‘layotgan bosimlar sabab qabul qilinmagan — u ancha oldin, bosh vazir Narendra Modi tomonidan qabul qilingan Make in India milliy dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon Hindistondan Rossiya bilan mudofaa dasturidan voz kechishni talab qildi