Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi Rossiya-Ukraina muzokaralari natijasiga bog‘liq. Bu haqda Putin Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qilgan.
«Sharl Mishelning Vladimir Zelenskiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish haqidagi chaqirig‘iga Rossiya prezidenti javob berdi. Uning ta’kidlashicha, bunday imkoniyat, xususan, Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida davom etayotgan muzokaralardagi aniq natijalarga bog‘liq bo‘lib, bunda Ukraina tomoni hozircha o‘zaro maqbul yechimlarni izlashga tayyor emas», — deyiladi Kreml saytida.
Zelenskiyning o‘zi esa bir necha bor Putin bilan har qanday formatda uchrashishga tayyorligini va uchrashuvda nimalarni muhokama qilishini ham aytgan edi.
Ikki davlat prezidentlari faqatgina bir marta — 2019 yil dekabr oyida, Normand sammitining Parijdagi yig‘inida uchrashishgan xolos. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar