14:43 / 25.04.2022
3 435

Galkin Putinga qarshi?! Rossiyada konsertlari taqiqlangan so‘z ustasi yanada keskin bayonot berdi

Galkin Putinga qarshi?! Rossiyada konsertlari taqiqlangan so‘z ustasi yanada keskin bayonot berdi
Foto: RIA «Novosti»
Rossiyalik taniqli so‘z ustasi va shoumen Maksim Galkin Ukrainaning Odessa shahridagi turarjoylar Rossiya tomonidan o‘qqa tutilganini keskin qoraladi. U tinch aholi uylari nasroniylarning Pasxa bayrami arafasida vayron etilganini taassuflanarli holat o‘laroq baholagan.

«Oila qurbon bo‘ldi, uch oyli chaqaloq halok bo‘ldi. Bu ne bedodlik, ayting! Axir, qanotli raketalar nafaqat bayram kunlari, balki odatiy kunlarda ham turarjoylar tomon uchishi aslo mumkin emas-ku! Siz (rasmiy shaxslar) Patriarx bilan tinchlik so‘rab duo qilasiz, Moskvaga muqaddas olov keltirasiz, ayni choqda, ayni shu hukumat (aholi uylariga) raketalar uchiradi. Yoki bu gal ham buni biz sodir etmadikmi?» – deya og‘riqli savollar qo‘yadi M.Galkin.

So‘z ustasi so‘nggi fojialarda Rossiya aybdor ekanini ta’kidlagan.

«Rossiya ko‘plab dahshatli holatlar uchun aybdor. Ammo aybsiz ekanlarini uqtirmoqdalar. Buchadagi xunrezlikni biz sodir etmadik, Malayziyaning «Boing» samolyoti halokatiga aloqamiz yo‘q. Mariupolni yer bilan bitta qilgan bizlar emas. Odessaga raketa yo‘llayotgan biz emas, aslo biz emas. U holda u yerda nima qilyapmiz o‘zi?» – deb kinoyali mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi M.Galkin.

Ushbu bayonotga munosabat bildirgan ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon Galkinga minnatdorona dalda bergan.

«Maksim Galkin men umrbod yodimda qoladigan so‘zlarni aytar ekan, ortidagi barcha ko‘priklarga o‘t qo‘ydi! Zotan, jinoyat sodir etilayotganda vijdon (agar u mavjud bo‘lsa!) hech qachon haqiqatdan ko‘z yummaydi. Rossiyaliklar, uyg‘oninlar!» – deb yozdi Dmitriy Gordon.

Taniqli xonanda Alla Pugachyovaning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish M.Galkin Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgan ilk kunlardanoq ko‘plab san’atkorlar qatorida urushni to‘xtatishni talab qildi.

Keskin siyosiy fikrlari ortidan M.Galkin millionlab daromaddan mahrum bo‘ldi – Rossiyada o‘tishi rejalashtirilgan konsertlari taqiqlandi, reklama shartnomalari bekor qilindi. San’atkor ayni paytda Isroilda ekani aytilmoqda. Darvoqe, u Isroil bo‘ylab o‘tadigan konsertlardan tushgan mablag‘ning ma’lum qismini Ukraina qochqinlariga ko‘mak uchun ajratishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Galkin Putinga qarshi?! Rossiyada konsertlari taqiqlangan so‘z ustasi yanada keskin bayonot berdi