Foto: «Domashniy ochag»
Odatda bekajonlar oshxonada gaz, pech, muzlatkich va rakovinani tez-tez tozalaydi. Ammo eng ko‘p bakteriya yig‘iladigan joy bular emas. «Domashniy ochag» nashri o‘zida eng ko‘p bakteriya yig‘adigan jihozlar va ularni tozalash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.
Gubka
Oshxonadagi eng zararli narsa — bu idish yuvish gubkasi. Aslida idishlarni yuvish uchun mo‘ljallangan gubka vaqt o‘tishi bilan ularda bakteriyalar sonini ko‘paytirishi ham mumkin. Shuning uchun gubkani oyiga kamida ikki marta yangilash va mikroto‘lqinli pechda dezinfeksiya qilish lozim.
Qahva qaynatgich
Foto: «Domashniy ochag»
Afsuski, ko‘pincha qahva qaynatgichda vaqt o‘tishi bilan mog‘or va boshqa bakteriyalar paydo bo‘ladi. Chayish uchun oyiga bir marta suv idishiga sirka, hidini yo‘qotish uchun esa yana suv quyiladi.
Uyali telefon
Foto: «Domashniy ochag»
Ovqat pishirayotganda telefonni oshxonaga olib borasizmi? Buni qilmaslik yoki hech bo‘lmaganda antibakterial salfetka bilan artib, iste’mol qilinadigan mahsulotlar yoniga qo‘ymaslik kerak. Chunki telefon odatda bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay joy hisoblanadi.
Idishlarni quritish uchun gilamcha
Foto: «Domashniy ochag»
Uni har kuni quritish kerak, aks holda shilimshiq va mog‘or uning yuzasida to‘plana boshlaydi. Iloji bo‘lsa, uning eskisidan butunlay voz kechish yaxshiroq. Idish yuvish mashinasi bo‘lmasa, toza idishlarni quyosh nuri tushadigan joyda quritish mumkin.
Oshxona sochiqlari
Foto: «Domashniy ochag»
Oshxona sochiqlari ham deyarli har kuni yangilanishi kerak. Patogen bakteriyalarning tarqalishi uchun bir kecha yetarli, shuning uchun ularni tez-tez o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Oshxonada tozalash uchun tavsiya qilingan vositalar
Bug‘
Pech yoki mikroto‘lqinli pechni tozalashdan oldin ichiga bir piyola issiq suv qo‘yib, qaynatib olinadi. Bug‘ qurigan va sachragan yog‘ni yumshatib, tozalashni ancha osonlashtiradi. Xuddi shu tarzda, gaz atrofidagi kafellarni tozalashni ham osonlashtirish mumkin. Bir idishga suv solinadi va uni 10-15 daqiqa qaynatiladi, shunda iliq, nam havo kirni yumshatadi.
Limon
Maishiy texnika tez-tez almashtirib bo‘lmaydigan narsa. Yarim bo‘lak limon mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi yoki idish yuvish mashinasining yuqori tokchasiga bir tilim joylashtirib, yuvish jarayoniga qo‘yiladi, shunda yoqimsiz hidlar darhol yo‘qoladi.
Eruvchan tabletkalar
Hayron bo‘lmang, protezlarni tozalash uchun mo‘ljallangan tabletkalar yuzalardagi dog‘larni olib tashlash uchun juda mos keladi. Masalan, kostryulka, stakanlar, shuningdek, shisha va guldonlar.
Bolalar yog‘i
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan yuzalarni tozalash uchun bolalar yog‘i ayni muddao. Toza lattaga ozgina yog‘ surtiladi va muzlatkichning ichki qismi artib olinadi. Yog‘ chiziqlarni qoldirmaydi va barmoq izlari bilan yaxshi kurashadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas