Uyqu bizning ijodiy faoliyatimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bir qator mashhur universitetlarda dunyo tanigan olimlar bu borada ko‘plab tajribalar ham o‘tkazgan. Yetarli uxlamaslik nafaqat kun davomida sust harakatlarga sabab bo‘ladi, balki miya ikkala yarim sharining ishlashiga ham ta’sir qiladi. Quyida uyqu va uning ijodiy faoliyatimizda tutgan o‘rni haqida so‘z boradi.
Kreativlik deganda noodatiy qarorlar, ishga boshqacha yondashuv kabi tushunchalar ko‘z oldimizga keladi. Miyamizning o‘ng yarim shari ko‘proq tasavvurga va qolipdan tashqari g‘oyalarni shakllantirsa, chap yarimshar ko‘proq intizom va tuzilmalarga javob beradi. O‘ng tomon chap miyaga qaraganda ko‘proq ijodkorlik va kreativlikka javob bersa-da, ikkala tomon ham ijodiy jarayonga hissa qo‘shadi. Yaxshi uyqu ikkala yarimshar o‘rtasidagi aloqani o‘rnatishga va muammolarni hal qilishdagi mulohazakorlikka sabab bo‘ladi. Uyqusiz miya g‘oyalarni shakllantirish va eng yaxshi natijaga erishish uchun kuchsizlik qiladi.
8 soatlik uyqu (me’yoriy uyqu) davrida tanangiz yosharadi va ongingizdagi kunlik xotiralar filtrdan o‘tkaziladi. Miya kerak deb hisoblagan ma’lumotini saqlab qoladi, keraksiz deb hisoblaganini nofaol xotiraga aylantiradi.
Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari «Remote Associates Test» (RAT) nomli tadqiqot o‘tkazishgan. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, yetarlicha uyquga ega bo‘lgan odamlar boshqalarga qaraganda ancha ijobiy va ijodiy fikrlashga erishganlar. Tadqiqot natijalaridan ko‘plab dizayn va marketingga asoslangan kompaniyalar foydalandilar. Ular xodimlarini yanada kreativ qilish maqsadida ishxonalarda maxsus mizg‘ib olish uchun hududlar ajrata boshladilar.
Uyqu nafaqat kreativlikni oshiradi, balki boshqa bir qancha sohalarda ham bizga muvaffaqiyat olib kelishi bor gap. Masalan, xotirani mustahkam tutishda ham uyqu juda muhim sanaladi. Kun davomidagi ma’lumotlar miyaning hipokampus deb ataladigan qismida saqlanadi. Chuqur uyqu paytida miya bu ma’lumotlarni uzoq muddatli xotira sifatida korteksga o‘tkazadi. Agar uyqu bo‘lmasa, bu xotiralar yo‘qolib ketishi mumkin.
Xotirani mustahkamlash ijodiy muammolarni hal qilish jarayoni uchun juda muhimdir, chunki ijodiy yechimlar mavjud bilimlarga tayanadi. Konsolidatsiya jarayonida miya kuchliroq his-tuyg‘ular bilan bog‘liq bo‘lgan xotiralarga ham e’tibor qaratadi. Bizning miyamiz ma’lumotlarga kirishi va qo‘llashi mumkin bo‘lsa, ijodkorlik optimal hisoblanadi. Uyqu bu ikkala jarayonda ham yordam beradi.
Agar siz yetarlicha uxlamasangiz, kun davomida uyqusirab, ko‘p muhim jarayonlarni o‘tkazib yuborishingiz mumkin. Shunday ekan, yetarlicha uxlab olishni unutmang.
Sanjar Shomurodov tayyorladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...