Qaerda bo‘lsangiz ham lahza muhitida bo‘ling

Hayotda mag‘lubiyatga uchrashimizning doimiy sabablaridan biri – bu oddiygina yashash sirlarini bilmasligimizdir.
Kun kechirar ekanmiz, aniqrog‘i bir kunning ichida turib yo o‘tmishning, yo kelajakning xayoli bilan yashaymiz.
Kechagi va ertangi kunning xayoliga shu qadar berilib ketganmizki, bugunni qanday sidirilib o‘tayotganini anglay olmaymiz.
Bu kundan biror narsa olish o‘rniga o‘tkazib yuboramiz.
Yashash – bu qayerda bo‘lsak ham lahza muhitida bo‘lish demakdir. Butun diqqatimizni o‘tayotgan lahzaga qaratib o‘sha vaqtning sof o‘zini anglab etishimiz zarur.
Yashash bu – shu lahzaning ifodasini olib, bu parchalar orqali kimligimizni anglab etishimizdadir.
Hayotda yashash degani bu nima qilayotganimiz emas, balki boshdan kechirayotganimizdir.
Biz lahzaning o‘zida bo‘lishni o‘rgana olmas ekanmiz, yashash san’atini egallay olmaymiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing